Homiladorlikda toksikoz — turlari, sabablari, qanday yengillashtirish va nimalar qilish kerak

Toksikoz nima?

Toksikoz — bu ko’ngil aynish va qayt qilishga undashlar bilan birga kechadigan homilador ayollarning juda keng tarqalgan holati. Bu holat homilaning rivojlanishida homilador ayollarda hosil bo’lgan toksinlar va boshqa zararli moddalar bilan zaharlanish oqibatida paydo bo’ladi.

Toksikoz shuningdek turli xil alomatlarning namoyon bo’lishiga olib kelishi mumkin, eng doimiylari markaziy asab tizimi, yurak-qon tomir tizimi va modda almashinuvi buzilishlaridir. Homiladorlik davrida toksikoz qancha davom etadigan bo’lsa, alomatlar shuncha vaqt namoyon bo’ladi.

Homiladorlikda toksikoz

Toksikozning bir nechta darajasi bor:

  • Birinchi — qayt qilishga undashlar (ko’ngil ko’tarilishi) kam kuzatiladi, kuniga 5 martagacha. Vazn yo’qotish uncha jiddiy emas, 3 kilogrammgacha;
  • Ikkinchi — qusishga undashlar kuniga 10 martagacha va vazn yo’qotishi ikki hafta davomida 3-4 kg bo’lishi mumkin, bu qon bosimining pasayishiga olib kelishi mumkin;
  • Uchinchi — tez-tez yuzaga keladigan va uzoq davom etadigan, kuniga 25 martagacha ko’ngil ko’tarishi, jiddiy vazn yo’qotish — 10 kg dan ortiq, harorat ko’tariladi va yurak urishi tezlashadi.

Homiladorlikda toksikoz qachon boshlanadi?

Ko’p ayollar homilador ekanligini yoki teskarisini aniqlashga harakat qilishadi va o’z organizmining har bir o’zgarishlarini tinglashga kirishadilar. Homiladorlik paytida toksikoz qachon boshlanishi mumkinligini hamma ayol ham bilmaydi. Shifokorlar quyidagi vaqt chegaralarini belgilashadi:

  • Erta toksikoz — hayz kechikishning dastlabki kunlarida yoki homiladorlikning 5-6 haftaligida boshlanishi mumkin. Erta toksikoz 13-14 haftaga borib tugaydi, lekin yana oldinroq tugallanishi mumkin, har bir holat individualdir.
  • Kech toksikoz — uning namoyon bo’lishi homiladorlikning so’nggi trimestrida, ba’zan esa ikkinchi trimestrning o’rtalarida boshlanadi, bu homila va ona uchun ancha xavfliroqdir.

Homilador ayollarda toksikoz belgilari

Tuxum hujayra urug’lanitirilgandan so’ng, bo’lajak ona organizmi ish ritmini ikki kishi — ona va bola uchun moslashtira boshlaydi. Buning natijasida ona dastlabki davrlarda toksikoz deb ataladigan bezovtalanishni boshdan kechiradi.

Birinchi navbatda ayolda bezovtalanish, so’lak ajralishining ortishi, ishtaha yo’qolishi, ko’ngil aynishi, kuchsizlik, uyquchan holat, ta’m retseptorlarning o’zgarishi, qayt qilish va vazn yo’qotish kuzatilad boshlaydi. Erta toksikozda kamdan kam hollarda dermatoz, astma, osteomalaziya — suyak moddasining yumshashi, tetaniya — skelet mushaklarining titroqlari kuzatilishi mumkin. Kuchli toksikoz belgilari farzand jinsi qanday bo’lishiga bog’liq bo’lmagan holda namoyon bo’ladi. Toksikoz alomatlari rivojlanishi to’xtagan homiladorlikda ham kuzatilishi mumkin, bunday holat homila harakatlanmasligi va yurak urishining yo’qligi bilan farqlanadi.

Toksikozning eng xavfli va yoqimsiz belgilari

Homilador ayollarda qayt qilish refleksi

Qusish — homiladorlikning kech va erta bosqichlarida toksikozning eng yaqqol namoyonidir. Ko’pincha qayt qilish 20 hafta mobaynida faol ta’sir ko’rsatadi va u qancha oldin boshlansa, shunchalik qiyin kechadi. Homilador ayolda qayt qilish refleksi jiddiyligining bir necha darajalari bor:

  1. Yengil ko’ngil aynish va oz miqdorda qusish, kuniga 5 marotaba, odatda ovqatdan so’ng sodir bo’ladi. Ayolning ahvoli o’zgarmaydi, vazn yo’qolishi taxminan 3 kg ni tashkil qiladi, ammo undan ko’p emas.
  2. Qayt qilishga undash oziq-ovqat iste’mol qilishdan qat’i nazar kuniga 10 martagacha bo’ladi va 2 haftada vazn yo’qotish 3 kilogrammgacha va undan yuqori bo’lishi mumkin. Homilador ayolning salomatligi yomonlashadi: zaiflik, yurak urish tezligi oshadi va qon bosimi pasayadi.
  3. Haddan tashqari ko’p qayt qilish, kuniga 25 martagacha undashlar bo’lishi mumkin. Bunday keskin jarayon organizm suvsizlanishiga va jiddiy vazn yo’qotilishiga (10 kg dan ortiq) olib keladi. Harorat ko’tariladi, og’izda yoqimsiz hid paydo bo’ladi, yurak urishi tezlashadi, qon bosimi pasayadi. Ayrim hollarda, buyraklar faoilyatida buzilishlar va onalar hayotiga tahdid soluvchi uzoq vaqt qusish kuzatilishi mumkin, bunday hollarda shifokorlar homiladorlikni sun’iy ravishda tugatilishini tavsiya qiladi.

Teridagi toshmalar

Bu homiladorlikning 13-haftasida toksikozning eng yoqimsiz namoyonidir, terining tarqoq qichishishi shaklida kechadi, jinsiy organlarga ham yetib borishi mumkin. Bu noqulaylik, uyqu buzilishi va depressiya holatiga olib keladi.

Tetaniya va osteomalaziyaning rivojlanishi xavfi

Progressiv rivojlanish bo’lajak onaning organizmidagi fosfor va kaltsiyning almashinuvida yuzaga keladigan buzilishlar tufayli kuzatiladi. Osteomalaziya suyak to’qimasini yumshalishiga olib keladi, bu suyaklar sinishi bilan tahdid qiladi. Tetaniya yuqori tana qismari mushaklaridagi titroqlar bilan xavfli bo’lib, kamdan-kam hollarda oyoqlarda va yuzda kuzatiladi.

Nima uchun toksikoz kuzatilmayapti?

Ayollar toksikoz homiladorlikning normal kechishi ekanligiga ishonib qolishgan va uning kuzatilmasligi bo’lajak onalarda qo’rquv va xavfsirash chaqira boshlamoqda. Xavotir olmang, bunday fikrlar butunlay asossiz va toksikoz kuzati;masligi xavfli emas. Aksincha, bu bo’lajak ona butunlay sog’lom ekanligi anglatadi. Agar toksikoz bo’lmasa, bu normal holatdir. Organizm osonlik bilan yangi ish maromiga kirishdi, zo’riqishga bardosh bera olib, yangi holatga ko’ngil aynishi, qayt qilish va boshqa tizimlar buzilishlarisiz moslashdi.

«Toksikossiz» homiladorlikning ijobiy jihatlari:

  • Kuchli toksikoz tufayli homila tushish xavfi yo’q;
  • Rivojlanayotgan homila vitaminlarni o’z vaqtida qabul qiladi, bu uning rivojlanishini yaxshilaydi, hech qanday patologiyasiz kechadi;
  • Ajoyib kayfiyat va farovonlik, tananing hozirgi holatidan bahramand bo’lish imkonini beradi.

Toksikozning turlari

  • Stafilokokkli toksikozi — enterotoksigen shtammlar tomonidan chaqiriladi, bakteriyalar ko’payganda oziq-ovqat mahsulotlariga issiqlikka chidamli ekzotoksini ajratadi. Bunday hollarda darhol shifokorga murojaat qilish kerak, shifokor tekshirish va davolashni to’g’ri olib boradi.
  • Kechki toksikozlar — mashaqqatli va qiyin kundan keyin, yetarli miqdorda oziq-ovqat qabul qilinmagan bo’lsa, organizm zaiflashadi va toksikozlar hujumiga taslim bo’ladi. Kechki toksikoz uxlashga va tinchlikda dam olishga xalaqit beradi. Bunday hoda orgamizmga kechki sayr qilishlar, yangi mevalardan tayyorlangan sharbat ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
  • Homiladorlikning birinchi yarmida toksikoz — bu homiladorlikning taxminan 1 dan 14-haftagacha bo’lgan davridir. Shifokorlar birinchi trimestrda toksikoz alomatlarini xotirjamlik bilan boshdan kechirishni tavsiya qiladilar. Belgilarning kuchayishi bilan mutaxassislar o’simlik kelib chiqishli xavfsiz mahsulotlarini belgilaydilar, bu homilador ayolning ahvolini sezilarli darajada yengillashtiradi va intoksikatsiyani kamaytiradi. Shuni ta’kidlash joizki, agar ona buyurilgan dorilarni qabul qilayotgan bo’lsa, u o’zini yaxshi his qiladi, ammo ushbu dori-darmonlarni qabul qilishni to’xtatsa, toksikoz belgilari darhol qaytadan boshlanadi. Homiladorlik davrida toksikozni kamaytirish uchun siz chaqaloq uchun nisbatan xavfsiz bo’lgan xalq tabobati usullariga murojaat qilishingiz mumkin.
  • Homiladorlikda kech toksikoz — normal homiladorlik rivojlanishi bilan ikkinchi trimestrda toksikozning qayta namoyon bo’lishi kuzatilmaydi. Ammo shunday holatlar bo’ladiki, kech toksikoz qusish va ko’ngil aynishni keltirib chiqaradi, agar alomatlar kuchaysa, u holda bu gestoz deyiladi. Bu shishlar, siydikda oqsil mavjudligi, yuqori qon bosimi va haftasiga 400 grammgacha vazn olish bilan namoyon bo’ladi. Homiladorlik so’nggi bosqichlarida toksikoz qancha kuchli rivojlansa, ona sog’ligiga shunchalik ko’p salbiy ta’sir ko’rsatadi. Lekin muntazam ravishda shifokorga tashrif buyuradigan onalar gestoz haqida o’z vaqtida ogohlantiriladi va vaqtida kasalxonaga yuboriladi. Davolash individual ravishda belgilanadi, bularning barchasi o’ziga xos holatga va alomatlar namoyon bo’lish darajasiga bog’liq.
  • Hayz kechikishidan oldin toksikoz — sizda ko’ngil aynishi urug’lantirishdan so’ng darhol yuzaga keldimi? Bu siz homilador ekganligingiz belgisi emas. Toksikoz homila tuxumining rivojlanishidan 7-10 kun o’tgach boshlanishi mumkin. Ammo ko’ngil aynishi va qayt qilish har doim ham namoyon bo’lavermaydi, aksincha, ko’p ayollarda kuchli ishtaha kuzatiladi.

Toksikozning sabablari

Nega homiladorlikda toksikoz yuzaga kelishi hali ham aniq o’rganilmagan hodisadir. Mutlaq aniqlikda toksikoz belgilari erta va kech davrlarida nima uchun paydo bo’lishini aytish mumkin emas.

Ammo shifokorlar ba’zi sabablarni baribir ajratishadi:

  1. Gormonal tizimdagi o’zgarishlar. Bachadon bo’shlig’idagi tuxum hujayra urug’lantirilishining dastlabki soatlaridan boshlab ayolda gormonal o’zgarishlar boshlanadi. Gormonlar tarkibi keskin o’zgarib turadi, bu esa homilador ayolning xulq-atvori, salomatligi va ahvolida aks etadi. Ushbu o’zgarishlarning fonida ayol ta’sirchan, tez hafa bo’ladigan va yig’laydigan bo’lib qoladi, hid bilish qobiliyati kuchayadi. Homiladorlikning birinchi oyida homila ona tanasi uchun «begona» hiosblanadi va organizm uni yo’q qilishni hohlaydi, bu esa onaning holatiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Ammo homilador ayollarda toksikoz qachon tugaydi? Biroz vaqtdan so’ng, gormonlar darajasi barqarorlashdi va ona organizmi embrionni xotirjam qabul qiladi, toksikoz bilan kurash ikkinchi trimestrga kelib to’xtaydi.
  2. Yo’ldosh (platsenta) ning rivojlanishi. Ushbu nazariyaning ehtimolligi juda mantiqan. Toksikoz homiladorlikning birinchi uch oylik davrida, ya’ni 13-14 haftaga qadar bezovta qiladi. Toksikozning keskin yo’qolishi yo’ldoshning shakllanib bo’lganligi bilan bog’liq. Va endi ko’p vazifalarning bajarilishi aynan yo’ldoshga o’tadi, shu jumladan zaharli moddalarning ushlanib qolishi. Yo’ldosh rivojlanish jarayoni tugamaguncha, homilador ayolning organizmi mumkin bo’lgan zaharlanishdan qayt qilish orqali himoyalanmoqchi bo’ladi.
  3. Himoya reaktsiyasi. Onaning ba’zi mahsulotlardan bosh tortishi va homiladorlik paytida kech toksikoz bu tabiiy himoya aktidir. Bo’lajak onada birinchi navbatda sigaretaning tutuniga, kofein saqlagan ichimliklarga, baliq, go’sht va tuxumlarga nisbatan ko’ngil aynishi kuzatiladi. Ularda mavjud patogenlarni hisobga olgan holda ushbu hamsulotlar salomatlik uchun xavfli bo’lishi mumkin. Ko’ngil aynishi va qayt qilish ona va homilani xavfli moddalar kirishidan himoya qiladi, bunday vaziyatda toksikoz biologik muhum sanaladi. Amaldagi oziq-ovqat mahsulotida mavjud bo’lgan toksinlar va zaharlarga qo’shimcha ravishda, har ovqat iste’molidan so’ng ishlab chiqarilgan insulin embrionning rivojlanishi va o’sishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
  4. Surunkali infektsiyalar va kasalliklar. Oxirigacha davolanmagan infektsiyalar va kasalliklar homilador onaning immunitetini zaiflashishiga olib keladi. Bu birinchi trimestrda toksikozni keltirib chiqarishi mumkin, shunda nima qilish kerak? Vitamin komplekslarni homiladorlikni rejalashtirish bosqichida qabul qilishni boshlash, shuningdek, mutaxassisga murojaat qilish va to’liq tekshiruvdan o’tish zarur. Shundan keyin davolanish kursini o’tash muhimdir, ayniqsa infektsiyalar mavjud bo’lganda.
  5. Psixologik o’zgarishlar. Uchinchi trimestrdagi og’ir toksikoz onaning ruhiy va hissiy holati tufayli boshlanishi mumkin. Tashvishlar, stress, uyqusizlik, emotsional shok va asabiylashish jiddiy toksikozning sababchilari bo’lib, ko’ngil aynishi va qayt qilishiga olib keladi. Shifokorlarning fikriga ko’ra, kech toksikoz kutilmagan va rejasiz homilador bo’lgan ayollarda rivojlanadi. Bundan tashqari, ko’plab ayollar homiladorlikning birinchi trimestrda yoki keyingi davrlarida kuchli toksikoz kuzatilishi mumkinligiga o’zlarini tayyorlashadi. O’z-o’zini ishontirish ta’siri esa har kimga ma’lum. Olimlarning fikricha, homiladorlik boshlanishi bilan asab tizimi katta o’zgarishlarga duchor bo’ladi, oshqozon-ichak trakti va hid sezishga mas’ul bo’lgan bosh miya markazlari bu davrda faollashadi.
  6. Yosh mezonlari. 30-35 yoshdan keyingi homiladorlik xavfli hisoblanadi, ayniqsa bu birinchi homiladorlik bo’lsa yoki bundan oldin ko’p abort qilishlar bo’lgan bo’lsa. Bu yoshda toksikoz rivojlanishi kuchliroq va xavfliroq bo’lishi mumkin. Mutaxassislar ta’kidlashicha, bo’lajak ona qancha yoshroq bo’lsa, toksikoz alomatlarini boshdan kechirish shuncha osonroq bo’ladi. Lekin bu hamma holatlarda emas, istisnolar mavjud.
  7. Genetik fon. Ikkinchi uch oylik davrda toksikozning rivojlanishi irsiy omil ta’siri ekanligi ehtimoli katta. Agar avvalgi avlodda biron kim homiladorlikning 16- haftasida yoki boshqa davrlarida toksikozdan aziyat chekkan bo’lsa, 70% ehtimollik bilan bu muammo sizni ham chetlab o’tmaydi. Ayolning avvalgi homiladorlik davrida toksikoz bo’lsa, alomatlar kuchayishi xavfi ortadi.
  8. Ko’p homilali homiladorlik. Bunday yangiliklardan quvonish, albatta, ko’proq, ammo ayni paytda qiyinchiliklar ham shunga yarasha bo’ladi. Misol uchun, egizakli homiladorlikning ikkinchi yarmida toksikoz bitta homilali homiladorlikning ikkinchi yarmidagi toksikozga qaraganda ikki marotaba ko’proq va jiddiyroq uchraydi. Ammo erta toksikozni boshdan kechirgan homilador ayollarda homila tushishi xavfi deyarli mavjud emas, buni bilish juda muhimdir.

Shuningdek aytib o’tish kerakki, sog’lom ayol toksikoz namoyon bo’lishiga kamroq moyil bo’ladi, lekin surunkali kasalliklari, infektsiyalari bo’lgan va nosog’lom turmush tarziga rioya qiladigan ayollarda toksikoz jiddiy kechadi.

Toksikoz homiladorlikning qaysi haftasida tugaydi?

Homiladorlikning birinchi yarmi va undan keyingi trimesterlar bilan bog’liq toksikozlar individual bo’ladi, shuning uchun: «Toksikoz qachon tugaydi», degan savolga hech kim aniq javob bera olmaydi. Ayrim onalar ko’ngil aynishning yengil alomatini boshdan kechirishadi, boshqalar esa toksikozni yengish uchun bir necha hafta kasalxonada yotishadi. Shu omil toksikoz davomiyligiga ham taaluqli, chunki homiladorlikda toksikoz turli trimestrlarda kuzatilishi mumkin, lekin ko’p hollarda 14-haftaga kelib u o’zi o’tib ketadi.

Toksikoz belgilari yo’ldosh hosil bo’lguncha davom etishi mumkin va bu jarayon taxminan 12 yoki 14-haftaga kelib tugaydi. Shundan so’ng, ikkinchi trimestrning sokin kechishi boshlanadi. Uchinchi trimestrda toksikoz yana qaytalanishi mumkin, biroq u mutlaqo boshqa nomlanish — gestoz deb ataladi.

Shunday holatlar bo’ladiki, bo’lajak onalarda toksikoz oxirgi trimestrda boshlanadi, bu erta homiladorlikdagi toksikozdan ko’ra xavfliroqdir. Agar kech toksikoz belgilari kuzatilsa, darhol mutaxassisga murojaat qilish kerak.

Homiladorlikda toksikozni qanday yengillashtirish mumkin? Toksikozga qarshi xalq tabobati yordami

Toksikozda nima aynan yordam berishi va uning belgilarini qanday yengillashtirish mumkinligini faqat homilador ayolning o’zigina aniqlay oladi, har bir ayolda toksikozga qarshi kurashishning o’ziga mos usuli mavjud. Homiladorlik davrida toksikozning asosiy belgilari ertalabki vaqtlarda kuzatiladi, chunki ushbu davrda qonda glyukoza darajasi pasaygan bo’ladi. Quyidagi maslahatlarga rioya qilsangiz, toksikozning ta’siri kamayishi mumkin.

Homiladorlik davrida toksikozdan qutulish uchun:

  • To’shakdan turishdan oldin, bir bo’lak non, pechene yoki eng yaxshisi quritilgan meva tanovul qilishingiz kerak. Yalpizli choy tayyorlang, unga bir bo’lak limon va brioz shakar qo’shing, bu qonda glyukoza miqdorini normallashtiradi. Ushbu usullarning barchasi erta davrda yoki so’nggi trimestrda toksikoz alomatlarini bartaraf etishga yordam beradi.
  • Bir bo’lak limon yoki apelsinni shimishingiz mumkin, nordon mevalar odatda ko’ngil aynishini so’ndiradi. Ammo ko’pchilik odamlarda aksincha, toksikoz kuchayishi mumkin, shuning uchun siz tanangizni tinglashingiz va barcha usullarni asta-sekin tekshirishingiz kerak.
  • Siz uchun to’g’ri keladigan ichimliklar va sharbatlarni ichish kerak: o’simlikli choy, sovuq ichimliklar, oddiy suv, sabzavotli bulyon.
  • Ko’p bo’yoqlardan iborat ichimliklar o’rniga siz o’zida ko’p suyuqlik saqlagan mashulotlar — qovun, tarvuz, uzum va zanjabil iste’mol qilishingiz mumkin, toksikozda ular eng yaxshi variant hisoblanadi. Ba’zan o’zingizni muzqaymoq bilan hursand qilishingiz mumkin.
  • Og’ir, achchiq va qovurilgan ovqatlarni bug’da tayyorlangan ovqatlar bilan almashtirish kerak. Bundan tashqari, sut mahsulotlari, meva va sabzavotlar yengil hazm bo’ladi, oshqozonni zo’riqtirmaydi va salomatlik uchun juda foydali.
  • Oziq-ovqat mahsulotini iste’mol qilishni bir nechta qismlarga bo’lish va ozroqdan, lekin tez-tez iste’mol qilish kerak. Kun davomida oshqozon bo’sh qolmasligi uchun suxarik, banan yoki olma iste’mol qilishingiz mumkin.
  • Ovqatdan keyin birdan yotish tavsiya etilmaydi. Uyquga ketishdan yoki shunchaki yotishdan oldin bir necha soat kutish kerak.
  • Homiladorlik davrida toksikoz uchun tasdiqlangan buvilar retsepti toksikozning birinchi alomatlari paydo bo’la boshlagach bir qoshiq asal iste’mol qilishdir.

Homiladorlik toksikozida ovqatlanish

Xo’sh, homiladorlikning dastlabki toksikozida bo’lajak ona taomnomasini qanday to’g’ri tuzishi kerak? Ko’pchilikning noto’g’ri fikri — ovqatlanishni cheklash, chunki kamroq ovqat yeyish, kamroq ko’ngil aynish va qayt qilish demakdir. Birinchidan, dastlabki oylarda homila rivojlanishi uchun turli mikroelementlar va vitaminlarga ehtiyoji yuqori bo’ladi. Ikkinchidan, bitta mahsulotni iste’mol qilishga mo’ljallangan hatto eng qisqa parhez ham tez orada ona va bolada allergik reaktsiyaga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun bu davrda muvozanatli ovqatlanishni nazorat qilish muhimdir.

Kech toksikozda ovqatlanish

  • Toksikozning boshidanoq aynan ko’ngilni aynituvchi mahsulotlarni chiqarib tashlash kerak. Ular ko’pincha sut mahsulotlaridir.
  • Ko’ngil aynishi va qayt qilish rivojlanishiga qaramay, qaysi mahsulotlar taonomada bo’lishi kerak? Mineral moddalar — natriy va xlorni tiklash uchun osh tuzi tavsiya etiladi, lekin me’yorda. Shuning uchun sho’r baliq va bodringlar bu davrda foydali bo’ladi, ammo me’yorni unutmang, ayniqsa surunkali buyrak kasalligi bo’lgan ayollar.
  • Homiladorlikning so’nggi bosqichlaridagi toksikozda taomnoma sezilarli darajada farq qiladi. Birinchidan, homiladorlik oxirgi uch oyligining dushmanini — tuzni yodda tutish muhimdir. Shuning uchun tuzlangan baliq va bodringdan tiyilish kerak, bu organizmda suyuqlikni ushlanib qolishiga sabab bo’lsihi mumkin. Va barcha taomlarni kamroq tuzlang.

Kech toksikozni oldini olish uchun eng yaxshi usul — me’yoriy ovqatlanishdir. Bu davrda organizm uchun eng yoqimsiz mahsulotlar dudlangan, tuzlamalar va marinadlar hisoblanadi. Shuning uchun kech toksikoz boshlanishidan oldin sog’lom va me’yoriy ovqatlanishni nazorat qiling.

Oqsil kech toksikozda muhim rol o’ynaydi va oqsil yetishmasligi qonda uning miqdori pasayishiga olib keladi. Shu munosabat bilan sog’lom taomnomaga qaynatilgan baliq, tvorog va qaynatilgan yog’siz sut qo’shilishi tavsiya etiladi.

Toksikozni davolash

Toksikozga qarshi ko’plab vositalari bor, ba’zilari faqat toksikoz alomatlarini kamaytiradi, boshqalari esa u bilan kurashadi. Ammo toksikoz uchun barcha dorilar xavfsiz va samarali emasligini inobatga olish kerak.

  • Dori vositasi yordamida toksikozni davolash. Toksikozga qarshi kurashda keng qo’llaniladigan dorilar orasida faqatgina valeriana, no-shpa va mikroelementlar zararsiz moddalar qatoriga kiradi. Ammo ba’zi hollarda jiddiy dori-darmonlarni qo’llamasdan ona va bolaning salomatligini saqlab qolib bo’lmaydi. Erta va kech toksikozni tibbiy davolash keng qamrovli bo’lishi mumkin va turli dori moddalarni o’z ichiga oladi: Enterosgel, Essentiale, Tserukal va boshqalar.
  • Immunotsitoterapiya — zamonaviy invaziv davolash usuli hisoblanadi. Uning ta’sir tamoyillari quyidagicha: homilador ayol bilagining terisiga turmush o’rtog’ining limfositlari kiritiladi. Toksikoz belgilari 24 soatdan keyin yengillashadi. Ushbu davolash usuli infektsiyalar mavjudligi uchun otaning batafsil tekshirilishini talab qiladi. Immunotsitoterapiya xavfli bo’lishi mumkinligini bilish muhimdir, chunki gepatit C va boshqa yuqumli kasalliklar bilan kasallanish xavfi ortadi.
  • Gomeopatik davolash usuli. Toksikozning bunday tekshiruvi eng xavfsiz va samarali hisoblanadi. Gomeopatiya faqatgina ayol organizmini emas, balki bolani ham davolashi mumkin bo’lgan alohida dori-darmonlarni tanlash imkonini beradi. Nojo’ya ta’siri va dozasini oshirib yuborishdan xavotir olmasa ham bo’ladi, foydalaniladigan dori-darmonlar o’ziga qaram qilib qo’ymaydi.
  • Aromaterapiya qadim zamonlardan buyon qo’llanilib keladi, homilador ayolning ahvoliga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Misol uchun, toksikozning tonggi namoyon bo’lishida siz ro’molchaga bir necha tomchi qalampir yalpiz efir moyini tomizishingiz va uni yoningizga qo’yishingiz mumkin. Agar ushbu muolajalni ketma-ket bir necha kun davomida qilsangiz, natija o’zini uzoq kutdirmaydi.

Siz o’zingiz bilan zanjabil moyini olib yurishingiz va ko’ngil aynishi kuchayayotgan vaqtda kaftingizga bir nechta tomchi tomizib, yaxshilab ishqalab, kaftlaringizni burunga olib kelib chuqur nafas olishingiz mumkin.

Toksikozni davolashning yuqorida aytib o’tilgan usullaridan tashqari, fitoterapiya ham qo’llaniladi, kimdir esa noodatiy usullarni afzal ko’radi: igna sanchish, gipnoz, elektrosonoterapiya va boshqalar.

Homiladorlik davrida toksikoz namoyon bo’lishini sizni chetlab o’tmasligiga o’zingizni ishontirmang. Tez-tez takrorlang: «Hammasi yaxshi bo’ladi, men bilan ham, bola bilan ham».

Reklama

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.