Soch o’stirish — sirlari, yo’llari, maslahatlar, uy sharoitidagi muolajalar, niqoblar

Agar siz sochingizni kalta qilib qo’yganingizdan afsuslanayotgan bo’lsangiz va uni tezda o’sib ketishini xohlasangiz, bu maqola aynan siz uchundir. Uni o’qib chiqqaningizdan so’ng, siz bir hafta ichida uy sharoitida soch o’sitirish sirlarini bilib olasiz. Sochlarni o’stirish uchun ozgina vaqt ajratib, biroz harakat qilishingiz, shuningdek sochlarni parvarish qilish tartibiga kichik o’zgarishlar kiritishingiz kerak, xolos. Bundan tashqari, taomnomaga soch o’sishini rag’batlantiradigan mahsulotlarni qo’shish ham maqsadga muvofiq bo’ladi.

soch o'stirish

Soch uchun muolajalar

Moy bilan bosh terisini massaj qiling

Buning uchun tabiiy moylarni ishlating. Moy yordamida bosh terisini massaj qilish terining salomatligini yaxshilaydi va soch o’sishini rag’batlantiradi. Bosh terisi massaji paytida kokos yoki zaytun moyi, jojoba va argan moyidan foydalanish mumkin.

Shunga qaramay, iliq soch massaji soch o’sishi tezligini oshirishini isbotlovchi ilmiy dalillar yo’q.

  • Moyni plita ustida yoki mikroto’lqinli pechda qizdirib oling. Ishlatishdan oldin uning juda issiq emasligiga ishonch hosil qiling. Moy bosh terisi harorati uchun qulay bo’lish, u soch va bosh terisini shikastlamasligi kerak.
  • Bosh terisini iliq moyni ishlatgan holda barmoqlaringiz bilan aylana harakatlar qilib yumshoq massaj qiling.
  • Keyin moyni sochlarga surting va 30 daqiqaga qoldiring, so’ng boshni shampun bilan yuvib tashlang. Agar zarur bo’lsa, muolajani bir necha marta takrorlashingiz mumkin.

Soch uchun moylar

Soch uchun niqoblar

Haftada bir yoki ikki marta soch follikulalarini rag’batlantirish va soch o’sishini tezlashtirish uchun niqoblar qo’llang. Niqobni uy sharoitida tabiiy moylardan tayyorlashingiz yoki do’kondan tayyorlarini xarid qilishingiz mumkin.

1 chashka kokos moyini 1 osh qoshiq bodom moyi, makadamiya va jojoba moyi bilan aralashtiring. Niqobni nam sochlarga qo’llang va o’n daqiqaga qoldiring. Keyin shampun yordamida odatdagidek yuvib tashlang.

Kanakunjut moyi

Kanakunjut moyi teri va sochni parvarish qilish uchun foydali xususiyatlari bilan mashhur. Kanakunjut moyi asosidagi niqoblar sochlarni sog’lom holatga keltiradi va ularning o’sishini tezlashtiradi.

  • Kanakunjut moyi yordamida bosh terisini massaj qiling. Sochlar moyni yaxshilab shimishi kerak. Soch va bosh terisiga moy qo’llangandan so’ng, sochlarni yig’ib, polietilen bilan o’rab qo’ying (masalan dush uchun maxsus bosh kiyim).
  • Sochlaringizdagi yog’ni bir kechaga qoldiring. Ertasi kuni ertalab, sochlaringizni shampun bilan odatdagidek yuving. Bundan tashqari yostiqni ifloslantirmaslik uchun unga sochiq qo’yishingiz mumkin.

Sochni chayish uchun olma sirkasi

Olma sirkasi — sochlarni turli soch vositalari, yog’ va kirliklardan tozalash uchun juda samarali vositadir. Siz shampunga alternativ vosita sifatida olma sirkasini qo’llashingiz mumkin. Bundan tashqari, sochlarni shampun bilan bilan yuvganingizdan keyin olma sirkasi bilan chayishingiz ham mumkin.

Vosita tayyorlash uchun ikki stakan suvga ikki osh qoshiq sirka qo’shish kerak. Hosil bo’lgan aralashma bilan sochlarni chaying. Sirka hidini his qilsangiz ham, vaqt o’tishi bilan u g’oyib bo’ladi.

Sochlarni to’g’ri parvarishlash

Soch parvarishi

Sochlarni me’yorda yuvish

Sochingizni shampun bilan haftasiga ikki yoki uch marta yuving, bundan ko’p emas. Buning natijasida bosh terisining tabiiy yog’lari me’yorda bo’ladi va soch ildizlarini oziqlantirib turadi, sochlarni yetarlicha namlantiradi, ularni tiklashga yordam beradi.

  • Agar bosh terisi juda yog’li ekanligi yoki yoqimsiz qichishganini sezsangiz, sochini tez-tez yuvishingiz mumkin. Buni amalga oshirish uchun shampunni avval bosh terisiga qo’llang, barmoqlaringiz bilan massaj qiling. Shundan so’ng soch tolasiga qo’llang. Endi shampunni chayib tashlashingiz mumkin.
  • Shampun bilan birga nam sochlarga qo’llaniladigan konditsionerlardan ham foydalaning. Soch uchun konditsioner sochlaringiz uchun juda zarur bo’lgan lipidlar va oqsillarning ajoyib manbai sanaladi. Ularni qo’llash tufayli sochlar sog’lom va go’zal ko’rinish oladi.

Sochni sovuqroq suv bilan chayish

Dush qabul qilganingizdan so’ng, soch kutikulalarini yopish uchun sochlarini kontrast dush qabul qilgandagi kabi sovuqroq suv bilan chayib tashlang, bu bilan siz shuningdek sochlarga qo’shimcha jilov va kuch bag’ishlaysiz.

Sochingizni shampun bilan yuvishda juda issiq suv ishlatmang. Issiq suv sochlarga zarar etkazishi mumkin, shuning uchun suvning harorati biroz iliq bo’lishi maqsadga muvofiqdir.

Nam sochlarni sochiq bilan o’ramaslik

Ehtimol, dushdan chiqayotib sochlaringizni sochiq bilan o’rashga odat qilgan bo’lgandirsiz, lekin bu ularning holatiga ijobiy ta’sir qilmaydi, ular sinuvchan bo’lib qoladi. Nam sochlar juda nozik bo’ladi. Sochni dushdan keyin o’rash o’rniga, ularni faqat quruq salfetka bilan biroz suvsizlantiring.

Agar siz baribir sochlarni sochiq bilan o’rashni istasangiz, nozik va yumshoq sochiqdan foydalaning. Bunday sochiqlar nozik materialdan tayyorlanganligi tufayli sochlaringiz sindirmaydi.

Uxlashdan oldin sochlarni tarash

Bunda asosiysi me’yorni saqlash sanaladi. Tez-tez tarash ham sochlarning to’kilishiga olib kelishi mumkin. Bunday holda uzun va jilvakor sochlarni o’stirish juda qiyin bo’ladi. Yotishdan oldin tabiiy tishli taroqlardan foydalaning. Bu esa yog’larni sochlarning butun yuzasiga tekis taqsimlashga yordam beradi, natijada ular qurib qolmaydi.

Sochni bosh terisidan tarashni boshlang va har bir tolasini taralishiga harakat qiling, kuniga bir marta yotishdan oldin tarash yetarli bo’ladi. Ushbu muolaja qon aylanishini yaxshilaydi, bu esa sochlar uchun juda muhimdir. Garchi bu hali tasdiqlanmagan bo’lsa-da, aslida, sochlarning muntazam tarash ularning o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, shuningdek, sochlarning salomatligini yaxshilaydi.

Sochlarga shakl berish uchun issiqdan foydalanmaslik

Issiq bilan shakl berish asboblari, masalan, fen, soch dazmoli, bigudi sochlarga katta zarar yetkazadi va ularning o’sishini sekinlashtiradi. Soch o’stirish istagi bo’lsa, iloji boricha ushbu vositalardan foydalanishni cheklang. Agar siz bunday qila olmasangiz, ulardan faqat oxirgi chora sifatida foydalaning. Sochingiz sog’lom bo’lishini istasangiz, tabiiylik uchun harakat qiling.

Issiqlik bilan shakl beruvchi asboblardan foydalansangiz, ularni past harorat rejimida ishlating. Bundan tashqari sochga zarar yetkazmaslik uchun himoya geli yoki kremdan foydalanishingiz mumkin.

Sochlarni muntazam ravishda kesib turish

Bu mantiqsiz tuyulishi mumkin bo’lsa-da, sochlarni kesib turish ularning tez o’sishiga yordam beradi. Shunday qilib, sochingiz sog’lom va go’zal bo’lishini istasangiz, muntazam ravishda sartaroshga tashrif buyurib turing. Sochning kaltalanishi ularning «gullashini» oldini olishga ham yordam beradi. Sochning gullashi esa sochlarning juda mo’rt bo’lib qolishiga olib keladi va ular sinuvchanligi tufayli kaltalashib boraveradi.

Har 10-12 haftada bir marta sochlaringizni kesib turish tavsiya etiladi. Bunda ularni 3 mm`ga kaltaroq qilish yetarli bo’ladi.

Ovqat ratsioni va odatlarni o’zgartirish

Soch o'sishi uchun to'gri ovqatlanish

Vitaminlar va minerallarga e’tibor qaratish

Oziq-ovqat bilan yetarli vitaminlar qabul qilmasangiz, soch o’sishi uchun vitamin komplekslarini tanlang. Multivitamin tanlayotganda «Sochlar uchun» belgisiga e’tibor bering. Bu shuni ko’rsatadiki, vitaminlar sochni mustahkamlash uchun maxsus ishlab chiqilgan. Sochni mustahkamlash uchun asosiy vitaminlar C va B vitaminlari hisoblanadi.

Har qanday qo’shimchalar qabul qilishda  oldin siz uchun to’g’ri miqdorni tanlab beradigan shifokor bilan maslahatlashing. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda qabul qilayotgan dorilar haqida shifokorga xabar bering. Shifokor siz qabul qilayotgan dori-darmonlar bilan o’zaro ta’sirlashmaydigan vitamin kompleksini buyuradi.

Ovqat ratsioniga ko’proq oqsillar qo’shish

Oqsillarni yetarlicha qabul qilish soch o’sishini rag’batlantiradi va soch o’stirish uchun buni inobatga olish kerak. Bundan tashqari, soch to’kilishi muammosiga duch kelgan bo’lsangiz, oqsilli ovqatlar iste’mol qilish juda foydali bo’ladi. Taomnomangiz muvozanatli bo’lishiga e’tibor bering, unga go’sht, baliq, dukkaklilar, yong’oqlar va donli mahsulotlarni kiriting. Agar siz vegetarian bo’lsangiz, ko’proq soya, loviya, yong’oq va donlilar iste’mol qiling.

To’g’ri oqsil manbalarini tanlash ham muhim. Tarkibida oqsil juda ko’p bo’lgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish sog’lida boshqa muammolariga olib kelishi mumkinligi sababli yog’li bo’lgan qayta ishlangan go’sht yoki sut mahsulotlarini ratsiondan chiqarib tashlang. Taomnomada sog’lom uglevodlar, kletchatka va boshqa foydali moddalar, masalan, mevalar, sabzavotlar va donlilar yetarli miqdorda ekaniga e’tibor bering.

Inversiya usuli yordamida soch o’stirsh

Ushbu usulda boshni yurak balandligidan pastroq tushirish kerak, shu bilan bosh terisi yaxshi qon oqimi bilan ta’minlanishiga erishiladi. Ushbu harakat bilan siz soch o’sishni rag’batlantirasiz. Ushbu usulni qo’llagan ba’zi odamlar, sochlarning bir haftada 0,5 sm dan 1 smgacha o’sganligini aytishadi, afsuski, usulning samarali ekanligini tasdiqlaydigan yoki inkor etadigan ilmiy dalillar yo’q, buni siz o’zingizda sinab ko’rishingiz va natijani baholashingiz mumkin.

  • Bosh terisiga boradigan qon oqimini oshirish maqsadida boshingizni pastga tushirishdan oldin uni kokos moyi bilan massaj qiling. Natijalarni solishtirish uchun sochingiz uzunligini hafta boshida va oxirida o’lchab, taqqoslashiningiz mumkin.
  • Shunday yotingki, bo’yningiz yotoq chekkasida, boshingiz esa pastga tushirilgan bo’lsin. Bu holatda kuniga 4-5 daqiqa turing. Bundan tashqari, yoga holatidan foydalanishingiz mumkin. Yodda tuting, boshingiz yurak balandligidan past bo’lishi kerak, faqat shunda bosh terisiga qon oqimi kuchayadi.
  • Ushbu holatdan asta-sekin ko’tariling. Aks holda bosh aylanishi kuzatilishi mumkin.

Reklama

Ushbu mazvuda 1 ta fikr qoldirilgan

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.