Erkaklar jinsiy a’zosi (olat) uzunligi — normal ko’rsatkich, o’lchash texnikasi

Erkak jinsiy olatining o’lchami — erkak jinsiy a’zosining uzunligi va kengligining o’ziga xos xususiyati hisoblanadi.

Jinsiy olat uzunligini o’lchash — shaxs tik turgan va a’zo to’liq erektsiya holatida bo’lganda olatni yuqoridan o’lchagich (lineyka) qo’yish orqali, kengligini o’lchash uchun esa — olatning aylana uzunligini bir nechta joylarida o’lchab, o’rtacha qiymatni chiqarish orqali amalga oshiriladi. Bir nechta tadqiqotlarga ko’ra, jinsiy olatning o’rtacha uzunligi taxminan 13-15 sm`dir . Ayollarning nimani afzal bilishlari masalasi munozarali bo’lsa-da, har qanday davrda jinsiy a’zo uzunligi savoliga alohida e’tibor berilgan.

Erkaklarda jinsiy olat uzunligi me'yori haqida

Erkak jinsiy a’zosi uzunligini o’lchash

Olat uzunligini to’g’ri o’lchash uchun penis to’liq erektsiya holatida bo’lishi kerak. Tibbiy muassasada bunga erishish qiyin bo’ladi. Bir braziliyalik shifokor to’liq erektsiyani chaqirish uchun jinsiy a’zoga dori-darmonlar kiritishga murojaat qilgan va bu davomiyroq natijalarni bergan.

Ba’zi klinitsistlar jinsiy olatni o’lchash uchun uni qo’zg’almagan holatida iloji boricha uzun qilib cho’zib o’lchashdi. Erkaklarning jinsiy a’zolarini mustaqil o’lchashda olingan o’lchovlari ishonchsiz sanaladi, chunki ular ko’pincha a’zolari uzunligi haqida oshirilgan ma’lumot berishga moyil bo’lishadi.

Jinsiy olat uzunligini aniq o’lchash uchun turli kunlarda va har xil vaqtda, turli erektsiya holatlarida bir nechta o’lchovlar olish tavsiya etiladi. Shundan so’ng, natijalarning o’rtacha qiymati hisoblanadi. Bunday yondashuv olat uzunligi jinsiy qo’zg’alish, sutka vaqti, xona harorati, jinsiy aloqalar soni va o’lchov vaqtida xatoliklar tufayli sodir bo’lgan o’zgarishlarni ham hisobga oladi.

Jinsiy a’zo uzunligi shaxs tik turgan holatda, olat polga parallel ravishda joyashganda o’lchanishi kerak. Penis olat asosidan uning oxirigacha bo’lgan nuqtagacha yuqoridan o’lchanadi. Olatni uzunligi pastki yuza bo’ylab yoki shaxs o’tirgan yoki egilgan holatda bo’lganida o’lchanganda noaniq hisoblanadi.

Jinsiy olatning aylana o’lchami — jinsiy a’zoning to’liq erektsiya holatida uning aylana uzunligi o’lchovidir. Tafovutlar bilan u uch o’lchovning o’rtacha qiymati hisoblanadi: olat boshining quyi qismi, olatning o’rtasi va asosi.

Erkak jinsiy a’zosi o’lchamlarini tadqiq qilish natijalari

Tadqiqotlar davomida olingan natijalari sezilarli darajada farq qilsa-da, AQSh mutaxassislarining ko’pchiligi erkaklarda jinsiy olatning o’rtacha uzunligi taxminan 13-15 sm ekanligini ta’kidlashmoqda. 95 foizli ishonch intervalida bu 10,7 dan 19,1 sm`gacha teng bo’ladi. To’liq erektsiya holatida penisning normal aylana o’lchami taxminan 12,3 sm`dir. Erkak jinsiy a’zosining o’rtacha uzunligi uning mediana o’lchamidan biroz uzunroq bo’ladi. Quyida keltirilgan natijalar asosan AQShda o’tkazilgan o’lchovlarga asoslangan.

Chaloqlarda penis cho’zilganda uning o’rtacha uzunligi 4 sm`ni tashkil etadi, 90% yangi tug’ilgan o’g’il bolalarda olat uzunligi 2,4 va 5,5 sm orasida bo’ladi. Bola 5 yoshga kirgunicha olatning biroz o’sishi qayd qilinadi. 5 yosh va jinsiy yetilish oralig’ida juda ham kichik o’sish kuzatiladi. Jinsiy yetilish boshlanishida penisning o’rtacha uzunligi 6 sm`ga teng bo’ladi.

Jinsiy olat o’rtacha 17-18 yoshgacha o’sadi, shundan so’ng u biroz qalinlashadi va uzunligini yo’qotadi (taxminan 4-5 mm).

Erektsiya holatida jinsiy a’zo uzunligi

Mustaqil o’lchashda olinga natijalar. Bir nechta ilmiy ishlarda penisning erektsiya holatidagi uzunligi o’rganilgan. Internetdagi so’rovlarga va jinsiy a’zo uzunligini mustaqil o’lchash asosida olingan natijalarning o’rtacha ko’rsatkichi tibbiy va ilmiy usullar yordamida olingan natijalarning o’rtacha ko’rsatkichidan sezilarli darajada kattaroq o’lchamlarni bergan.

Tibbiy xodimlar tomonidan o’lchangan uzunliklar. Quyidagi tadqiqotlar shtat xodimlari tomonidan amalga oshirilgan, ammo tajribada turli guruh erkaklar ishtirok etgan (ya’ni yosh va irqdagi ko’ngilli erkaklar) va shuning uchun noob’yektiv tanlovga duch kelingan bo’lish mumkin.

Urologiya Jurnali nashrida 1996-yil sentyabr sonida chop etilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, jinsiy olatning o’rtacha uzunligi 12,9 sm (shtat xodimlari tomonidan o’lchangan) hisoblanadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi «jinsiy olatining kattalashtirish istagida bo’lgan erkaklarga tibbiy maslahat berishga yordamlashish uchun penisning uzunligi va qalniligining o’rtacha ko’rsatkichini taqdim etish» edi.

Impotetnsiyani O’rganish Xalqaro Jurnali tomonidan 2000-yil dekabrda chop etilgan bir tadqiqot davomida 50 ta yevropa yahudiylarida jinsiy olatning o’rtacha uzunligi 13,6 sm (shtat xodimlari tomonidan olingan o’lchov) ekanligini ko’rsatdi. Iqtibos: «bu tadqiqotning maqsadi erektsiya sodir bo’lganda jinsiy olat o’lchami qanday bo’lishini oldindan aytib berish uchun uning tinch holatdagi klinik o’lchamlarini olish» deb keltirilgan. Erektsiya barcha 50 erkakda farmakologik vositalar yordamida chaqirilgan.

LayfStaylz Kondomz kompaniyasi tomonidan o’tkazilgan bir tadqiqotda jinsiy olatning o’rtacha uzunligi standart og’ish 2,1 sm bilan 14,9 sm (shtat xodimlari tomonidan o’lchangan) ekanligini ko’rsatdi. Ushbu tadqiqot maqsadi sotuvda zarur o’lchamdagi prezervativlar mavjudligiga ishonch hosil qilish edi.

Boshqa tadqiqotlar

Primatlar bilan taqqoslash

Boshqa primatlar, shu jumladan ularnign gorilla kabi yirik vakillari bilan solishtirilganda, inson penisi uzunlik va qalinligi bo’yicha ham mutlaq, ham tanaga nisbatan bo’lgan o’lchamlarda kattaroq hisoblanadi.

Erkak jinsiy olatining uzunligi va ayol jinsiy a’zolarining reaktsiyasi

Bir qator seksologlar va boshqa tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, hozirda geteroseksual jinsiy aloqa to’g’risida biroz noto’g’ri tushunchalar paydo bo’lgan. Shunday qilib, ko’p erkaklar ayolni orgazmgacha stimulyatsiya qilish uchun chuqur vaginal penetratsiya muhim deb hisoblashadi. Ayol jinsiy a’zolarining eng sezgir qismlari tashqi jinsiy a’zolar, klitor va tananing tashqi qismiga eng yaqin bo’lgan qin (vagina) qismini (taxminan 10 sm) o’z ichiga oladi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, klitorning bir qismi tashqi jinsiy a’zolar va qinga tarqaladi. Erkaklar jinsiy a’zosining o’rtacha uzunligi bu ko’rsatkichdan ortiq ekani hisobga olinsa, jinsiy olatlarning ko’pchiligi hamrohlarini qondirish uchun yetarli darajada uzundir.

Ko’pchilik ayollar bachadon bo’ynini stimulyatsiya qilish noxush yoki og’riqli deb hisoblashsa, boshqalari buni orgazmning asosi deb hisoblashadi. Bachadon bo’yni deganda ba’zida qin gumbazlari, qinni eng chuqur nuqtalarining noto’g’ri talqin qilinishi tushuniladi. Bachadon bo’yni va vaginal gumbazlar bir-biriga yaqin joylashgan bo’lib, ular orasida bevosita va / yoki bir vaqtning o’zida stimulyasiyalash mumkin. Qin gumbazi orgazmni chaqiradigan hudud bo’lishi mumkinligi ma’lum. Sinovlar shuni ko’rsatdiki, bu sohaga bosim berish qinning juda tez namlanishini keltirib chiqaradi. Oldingi gumbazlardagi jinsiy reaktsiya sohasi epitsentr, T nuqta yoki ayollardagi G nuqta deb nom olgan, orqa gumbaz ham episentr, to’g’ri ichak-bachadon chuqurchasi deb nom olgan va orqa tutashmaga bosim berish orqali bilvosita stimulyatsiya qilinishi mumkin.

Jinsiy ehtiros uyg’ongan vaqtda qin 8.5 sm`li o’rtacha uzunlikka uzayadi, lekin berilayotgan bosimga javoban yana uzayishda davom etishi mumkin. Ayol to’liq jinsiy qo’zg’ala boshlashi sayin, qin bo’yi va eniga 2/3 qismga uzayadi, bachadon bo’yni esa orqaga tortiladi. Qin devorlari yumshoq elastik qatlamlarni faollashtiradi va ular chanoq mushaklari yordamida jinsiy olatning hajmiga mos ravishda kengayadi yoki torayadi. Bu shuni anglatadiki, kerakli qo’zg’alish bo’lganda, qin har qanday o’lchamdagi olatga mos bo’lish uchun uzayadi va torayadi.

Atrof muhitning jinsiy olat uzunligiga ta’siri

Individlar o’rtasidagi jinsiy olatni kattaligi farq qilishi sababi nafaqat irsiyat, balki atrof muhitning kimyoviy ifloslanishi yoki kimyoviy moddalar ta’siri, madaniyat, ovqatlanish kabi omillari bo’lishi mumkinligi taklif qilingan. Kimyoviy ta’sirga uchragandan so’ng endokrin buzilishlar (ko’pgina boshqa muammolar qatorida) har ikkala jinsdagi insonlarda genital buzilishlarga sabab bo’ladi. Sintetik (masalan, pestitsidlar, antibakterial triklozan, plastik uchun plastifikatorlar) va tabiiy kimyoviy moddalar (lavanda va choy daraxti moylarida aniqlangan kimyoviy moddalar) endokrin buzilishlarning turli darajalari bilan bog’liqdir.

PVX ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan plastifikator dietilgeksiftalat jinsiy olat kichikligi sababchisi hisoblanadi. Homilador ayollar qonida aniqlangan dietilgeksiftalat metabolizmi mahsulotlari ulardan tug’ilgan chaqaloqlarning hayvonlarda o’tkazilgan tajribalar natijasi kabi jinsiy a’zosi kengligi kamayishi, orqa chiqaruv teshigi va jinsiy a’zo orasidagi masofaning kaltaligi, o’g’il chaqaloqlarda moyaklarning to’liq tushmasligi kabi hodisalar bilan sezilarli darajada bog’liq bo’lgan.

Maksimal va minimal o’lchamlar. Mikropenis

Rasmiy tasdiqlangan eng katta jinsiy olat uzunligi 33.5 sm va aylanasi 15 sm bo’lib, u XX asrning boshlarida doktor Robert L. Dikkinson tomonidan tasvirlangan. Hozirgi kunda eng katta jinsiy a’zo sohibi — AQShlik Jon Falcon bo’lib, uning jinsiy olati uzunligi 34,5 santimetrdir.

To’liq erektsiya holatida boshqa jihatdan normal deb hisoblangan, ammo uzunligi 7 sm dan kalta bo’lgan jinsiy a’zo mikropenis deb tashxislanadi. Buning sabablari gipofizning o’sish gormonlari yoki gonadotrop gormnolar yetishmasligi, o’rtacha darajadagi andorgenlarga sezgirlikning buzilishi, turli irsiy sindromlar va muayyan gemobokslardagi gen variatsiyalari bo’lishi mumkin. Kichik yoshlikda bu muammoni gormonlar bilan hal etish mumkin.

Jinsiy olat o’lchamini kattalashtirish

Turli madaniyatlarda insoniyat tarixining butun davomida jinsiy olatni uzunlashtirishning turli usullari qo’llanib ko’rilgan. Lekin hozirda buning yagona isbotlangan va tibbiy usuli plastik jarrohlik — falloplastika hisoblanadi.
Jinsiy olatni kattalashtirish haqida batafsil→

Jinsiy olat o’lchamiga bo’lgan qarashlar

Erkaklarga jinsiy a’zo kichik ko’rinishining sababi — bu yuqoridan qaralgandagi rakurs, shuningdek jinsiy a’zo asosida to’plangan yog’ to’qimalaridir. Seksologlar o’tkazgan tadqiqotda jinsiy olatini kichik deb hisoblagan erkaklarning aksariyatida u normal uzunlikda ekanligi aniqlangan.

  • 2005-yilda o’tkazilgan va 52 031 geteroseksual ayollar va erkaklar ishtirok etgan so’rovnomaga binoan, erkaklarning 55 foizi o’z jinsiy a’zosi uzunligini qoniqarli deb hisoblashi, ayollarning 85 foizi esa juftlarining jinsiy a’zosi uzunligi ularni to’liq qondirishi aniqlangan;
  • Boston universitetining tibbiy markazi tomonidan chop etilgan «Ayollar salomatligi» tadqiqotida ayollarning nimani afzal ko’rishlari o’rganildi va natijada jinsiy stimulyatsiya uchun muhimroq omil jinsiy olatning uzunligi emas, balki qalinligi degan xulosaga kelindi.

Jinsiy olat uzunligi haqida ommaviy madaniyat

Kattaroq jinsiy olatga bo’lgan qiziqish bozorda uni kattalashtirish uchun xizmatlar paydo bo’lishiga olib keldi. Yuzlab kompaniyalar erkaklarni ularning jinsiy a’zosi noto’g’ri shakl va uzunlikda ekanligini ishontirishga urinmoqda. Erkaklarning bunday hayoliy muammosi tufayli spam pochta orqali jinsiy olatni kattalashtirishni va’da qiluvchi nasoslar, tabletkalar va boshqa ishonchsiz vositalar eng xaridorgir tovarlarga aylandi.

Ommaviy axborot vositalari erkak jinsiy a’zosi uzunligini uning kuch-quvvatiga tenglashtirib qo’yishdi. Bundan tashqari, kattaroq olatga egalik ko’proq shaxsiy g’urur bilan bog’liq hisoblanadi degan tushuncha hosil bo’lgan.

Reklama

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.