Ayol orgazmi — turlari, ayol jinsiy aloqada lazzatlanishi xususiyatlari, anorgazmiya

Orgazm — lazzatlanish holati, inson jinsiy aloqada bo’lishida lazzat olishining eng yuqori nuqtasi. Jinsiy sohaning ko’pgina aspektlari zamonaviy tibbiyot tomonidan yaxshi o’rganilganiga qaramasdan, orgazm ko’p jihatdan sirli hodisa bo’lib qolmoqda. Bu ayniqsa, jinsiy aloqada ayollar lazzatlanishi kabi orgazm turiga taalluqlidir.

Jinsiy aloqada ayol lazzati yoxud orgazm

Odam — jinsiy aloqada asosan biologik ehtiyojlar uchun emas, balki jarayon bag’sh etadigan lazzat uchun bo’ladigan yagona tirik mavjudotdir. Ba’zi manbalarda istisno tariqasida delfinlar ham keltiriladi. Va har qanday jinsiy aloqaning avj nuqtasi orgazm hisoblanadi. Biroq, hamma jinsiy aloqada ham shundaymi? Va har ikkala juft ham orgazmni boshdan kechirishga qodirmi?

Erkaklar orgazmi

Erkaklarga kelganda, ularning orgazmi juda yaxshi o’rganilgan. Ma’lumki, orgazm har qanday erkak jinsiy hayotining ajralmas qismidir. Bu fiziologik sabablar bilan izohlanadi. Erkak organizmi, asab va gormonal tizimlari shunday tuzilganki, deyarli har qanday eyakulyatsiya, ya’ni urug’ otilishi orgazm bilan tugaydi. Odatda erkak orgazm nima ekanligini juda erta anglaydi, ba’zan jinsiy hayot boshlanishidan oldin, bolalik davridayoq biladi, buning sababi onanizmdir. Va shu paytdan e’tiboran erkakda deyarli har qanday jinsiy aloqa yoki eyakulyatsiya (shu jumladan, tushda va onanizmda) bu hodisa bilan assotsiatsiyalanadi.

Ko’pchilik hollarda, erkak jinsiy aloqa paytida faqat bitta orgazmni boshdan kechiradi. Bu, jinsiy aloqa vaqtida eyakluyatsiya ham bittaligi bilan izohlanadi. Ammo olimlar neyrofiziolologik darajada orgazm eyakulyatsiya bilan kuchli bog’liq emasligini ta’kidlashadi. Ya’ni, nazariy jihatdan jinsiy aloqa vaqtida erkak bir necha marotaba lazzatlanish cho’qqisini his etishi mumkin. Ammo amalda bu murakkab psixologik tayyorgarlikni va fiziologik jarayonlarni boshqarish usulini o’zlashtirishni talab qiladi. Boshqa tomondan, erkakda orgazmning yo’qligi ham kamdan-kam uchraydi. Albatta, bu hodisaning kuchi va davomiyligi zaif va juda qisqa yoki kuchli va uzoq bo’lishi, bu vaqt ichida inson hatto qisqa vaqtga hushini yo’qotishi ham mumkin.

Ayol orgazmi yoxud jinsiy aloqada lazzatlanishi

Ayollarga kelganda esa, barchasi juda boshqacha. Bu asosan urug’lantirish uchun ayol orgazmi majburiy jarayon emasligi bilan bog’liq. Ko’pgina ayollar homilador bo’lib, farzand dunyoga keltirishadi va shu bilan birga hayotida bunday hissiyotlarni umuman boshdan kechirmasliklari mumkin. Shuning uchun oldingi asrlarda, tabiiy ravishda ko’pchiligi erkaklar bo’lgan olimlar va fiziologlar, ayol jinsiy aloqada lazzatni boshdan kechirishga qodir emasligiga ishonishgan.

Biroq, bu fikr noto’g’ri bo’lib chiqdi. Ammo, bu har bir ayol, hatto muntazam ravishda jinsiy aloqada bo’lganida ham orgazmga erishmasligini inkor etmaydi. Seksologlarning fikriga ko’ra, aksariyat ayollar jinsiy aloqa vaqtida orgazm shaklidagi jinsiy ehtiyojni qondirish imkoniga ega.

Buning sababi nima? Nima uchun barcha ayollar orgazmni his etmaydi? Buning sababi erkak va ayolning erotik stimullarga reaktsiyasi va bu stimullarning tabiati farq qilishidir. Erkak uchun bevosita fiziologik stimullar muhim, birinchi navbatda vizual va jinsiy a’zolarning asab oxirlari bilan bog’liq taktil sezgilar. Ayol uchun fiziologik stimul ikkinchi darajali hisoblanadi (ammo ular ham rol o’ynaydi), ularga jufti bilan jinsiy yaqinlikda bo’lganda keladigan psixologik qulaylik, o’ziga xos sharoit va kayfiyat, hissiy va axloqiy taqiqlarning yo’qligi juda muhimdir. Agar jinsiy munosabatda yoki undan oldin ayol qo’rquv, xavotirlik va ayniqsa uyat kabi his-tuyg’ularni boshdan kechiradigan bo’lsa, uning jinsiy yaqinlikdan mamnun bo’lish juda qiyin bo’ladi.

Real sharoitda barcha qulay omillar doimo mavjud emasligini keltirib o’tmasa ham bo’ladi.

Ko’pgina ayollar, jinsiy aloqada kerakli darajada lazzatlanishga erishishlariga yo’l qo’ymaydigan psixologik muammolarni ham boshdan kechirishadi. Bu muammolar quyidagi omillarning natijasi bo’lishi mumkin:

  • Puritancha tarbiya;
  • O’z istaklari va fantaziyalari haqida o’ylashdan uyalish;
  • Antiseksual psixologik qarashlar.

Jinsiy masalalarda savodsizlikning ahamiyati ham katta. Jinsiy yaqinlik boshlanishidan oldin hamrohning tayyorgarlik bosqichiga yetarlicha e’tibor bermasligi, haddan tashqari tez eyakulyatsiyasi, uning yetarli darajada bo’lmagan taktini ham hisobdan chetda qoldirmaslik kerak.

Fiziologik his-tuyg’ularga keladigan bo’lsak, jinsiy aloqa vaqtida ayol uchun ayol tanasidagi erogen hududlarni stimullash muhimdir, ayollarda bunday hudurlar erkaklarga qaragandan ko’proqdir. Bunday rag’batlantirish odatda hamroh tomonidan amalga oshiriladi, lekin u doimo ham bunga e’tibor bermaydi.

Erkaklar va ayollarga xos bo’lgan jinsiy istak kuchayishi farqini ham hisobga olish kerak. Ko’p erkaklar 5-10 daqiqa mobaynida juda tezlik bilan jinsiy istakka erishadi va shuning uchun tezda orgazmga yetadi. Ayolga esa orgazmga erishish uchun yetarli bo’lgan jinsiy istak kuchayishi ko’proq vaqtni talab qiladi — taxminan 15 daqiqa. Shuning uchun, odatda, ayol shunchaki ushbu bosqichga yetib kelmaydi. Biroq, bu ayol orgazmga erisha olmasligini anglatmaydi.

Shuning uchun ayollar uchun jinsiy yaqinlikdan oldin prelyudiya kabi qism muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, u erkaklar uchun ham muhim ahamiyatga ega, biroq nisbatan kamroq darajada, chunki erkaklar jinsiy reaktsiyalari juda tez rivojlanadi va sensor qo’zg’atuvchilarga qaraganda ko’proq vizual qo’zg’atuvchilarga bog’liq. Biroq, ayollar uchun, dastlabki erkalashlar — bu o’z va jufti tanasi uyg’unligini his qilishini mustahkamlash uchun ba’zan yagona vosita sanaladi.

Orgazmni simulyatsiya qilish

Sir emaski, ko’plab ayollar o’z juftlariga sovuq va frigid tuyulishdan, ular jinsiy aloqada erkakni qondirish qobiliyatiga ega emasligi haqida o’ylashdan qo’rqishadi. Va shuning uchun ular bir oz hiylaga — orgazm boshlanganini simulyatsiya qiladilar. Ushbu hiyla turli yoshdagi ayollar tomonidan ishlatilishi mumkin. Odatda, uning maqsadi — erkakni saqlab qolish, tanlagan jufti u xohlagan barcha fazilatlarga ega ekanligini ko’rsatishdir. Biroq, ko’p holatlarda bunday texnika juftliklar duch keladigan muammolarni hal qilmaydi. Axir, agar erkak uning jufti yolg’on ishlatayotganidan shubha qilsa, kelajakda, unda ayolni lazzatlantirish uchun har qanday stimul yo’qolishi mumkin.

Ko’pgina hollarda, ayollar orgazm olganligi taassurotini qoldirib, erkaklarni aldashni uddasidan chiqishadi. Aslida esa bunday bo’lmaydi. Noto’g’ri orgazmni payqab qolish qiyin emas, shunchaki diqqatli bo’lish kerak. Chunki ayolning jinsiy aloqada lazzatlanish cho’qqisiga yetagnini tashqi belgilardan bilib olish oson: bo’yin va yuzning qizarishi, oyoq-qo’llarning issiqligi, nigohlari «adashgan» bo’lishi.
Jinsiy aloqada ayolni qoniqtirish→

Anorgazmiya nima?

Orgazmga yetisha olmaslik anorgazmiya deb ataladi. Bu tushunchani frigidlik bilan adashtirmaslik kerak, chunki oxirgi so’z jinsiy aloqadan qoniqishning to’liq yetishmasligini nazarda tutadi. Aslida, jinsiy aloqada lazzatlana olmaydigan ayollar u qadar ko’p emas. Ammo orgazmni boshdan kechirmaydigan ayollar esa yetarlicha ko’p. Hatto bu hissiyotni yaxshi biladigan ayollar ham har qanday jinsiy yaqinlikda unga erishavermaydi. Ammo, chin anorgazmiya, ya’ni, orgazmni fiziologik seza olmaslik qobiliyati — bu ham ko’p uchraydigan hodisa emas.

Ayol orgazmi tasnifi

Seksologlar ayollardagi ushbu holatning bir nechta turlarini farqlaydi. Biroq, bu bobda hech qanday yagona kelishuv yo’q, shuning uchun bu tasnif asosan shartli hisoblanadi.

Ayol orgazmining asosiy turlari:

  • Klitoral;
  • Vaginal;
  • Bachadonli;
  • Boshqa turlari (siynali, oraliqli, rektal).

Klitoral orgazm — eng keng tarqalgan turi. Ko’pchilik seksologlar deyarli har bir ayol bunday orgazmni boshdan kechirishga qodir deb hisoblashadi. Boshqalari esa bu ayol jinsiy aloqada oladigan lazzatlanishning yagona turi deb ta’kidlashadi.

Klitor — bu ayolning jinsiy istagi uyg’onishi uchun mas’ul bo’lgan a’zo. Ko’p jihatdan u analogik yoki ilmiy jihatdan ifoda etiladigan bo’lsa, erkaklar olati bilan gomologik hisoblanadi, ammo undan ancha kichikroq. Shunga qaramay, klitor erkaklar a’zosiga nisbatan ancha sezgir bo’lganligi qiziq. Ayol a’zosidagi retseptorlarning soni erkak a’zosidagidan ikki barobar ko’proq. Bunga qo’shimcha ravishda, klitor keng tarqalgan fikrlardan farqli o’laroq, ancha kattaroqdir. Ammo uning asosiy uzunligi ayolning tanasi ichida yashiringan bo’ladi.

Jinsiy aloqa paytida klitor har doim ham qo’zg’almaydi. Ko’p jihatdan bu klitorning joylashuviga (turli ayollarda u biroz boshqacha bo’lishi mumkin) va jinsiy aloqa pozasiga bog’liq. Ammo, agar klitor stimulga ega bo’lsa ham, ko’pincha bu orgazmga erishish uchun mutlaqo yetarli emas.

Yana bir orgazm turi — vaginal. U qin devorlariga erkak penisining bevosita ta’siri tufayli kelib chiqadi. Ushbu turdagi lazzatlanishni birinchi marta alohida shakl sifatida Zigmund Freyd ajratgan edi. Biroq, hozirgi vaqtda ko’pgina seksologlar bu turning aslida mavjudligiga shubha qilishadi. Yoki bu klitoral orgazmdan ko’ra zaifroq deb hisoblashadi. Ammo yana bir fikr bor. Unga ko’ra, qinning old devorida normada ayolda «uyqu» holatda bo’lgan maxsus zonalar yoki nuqtalar mavjud. Amaliyot yordamida ba’zi hollarda ularni uyg’otish mumkin. Bunday holda, vaginal orgazm klitoral orgazmdan intensivligi bo’yicha kam bo’lmaydi yoki hatto undan kuchliroq bo’lishi ham mumkin. Shunga qaramay, bunday zonalarning fiziologiya nuqtai nazaridan mavjudligi hali tasdiqlanmagan.

Bundan tashqari, bachadonli, ko’krak va boshqa turdagi orgazm mavjudligi masalasi noma’lum bo’lib qolmoqda. Lekin ko’pgina ayollar bunday his-tuyg’ularni boshdan kechirishlari mumkinligini aytishadi va ularga ishonmaslik uchun hech qanday sabab yo’q.

Ayol orgazmining xususiyatlari

Ayollar orgazmini erkaklarnikidan ajratib turadigan yana bir xususiyati — jinsiy aloqada ayol orgazmi ko’p sonli bo’lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, jinsiy aloqa davomida ayol bu holatni bir necha marta sezishi mumkin, erkaklarda esa orgazm deyarli har doim eyakluyatsiya bilan tugaydi. Bu xususiyat ayolning jinsiy yaqinlikda olgan jinsiy qo’zg’alishi darhol «tashlab» yuborilmasligi bilan bog’liq, u asta-sekin, alohida qismlar bilan pasayadi. Natijada, lazzatlanishga erishgan ayol yana va yana unga erishishi mumkin. Amalda bitta jinsiy aloqa davomida ayol kamdan-kam hollarda uchtadan ortiq orgazmga erishishi kuzatiladi.

Bundan tashqari, ayol orgazmi odatda erkak orgazmiga nisbatan davomliroqdir. Ba’zi hollarda u 30-60 soniya davom etishi mumkin. Erkaklar orgazmining davomiyligi va kuchi odatda jinsiy aloqadan tiyilishi davomiyligiga to’g’ri proportsionaldir. Ya’ni, erkak qanchalik tez-tez jinsiy aloqada bo’lsa, uning orgazmi intensivligi shunchalik kamroq bo’ladi. Ayollarda vaziyat biroz farq qiladi, chunki tez-tez jinsiy hayot, aksincha, har bir yaqinlikda olingan ijobiy his-tuyg’ularni kuchaytiradi. Bundan tashqari, ayolning jinsiy aloqada lazzat cho’qqisi ham erkaklarning his-tuyg’ularidan sezilarli darajada farq qiladi. Ayni paytda ayol butun tanasida kuchli to’lqin, so’ngra jinsiy a’zo hududidan tarqaluvchi issiqlik sezadi. Shuningdek, ko’plab ayollarda qin mushaklarining ritmik qisqarishlari kuzatiladi.

Ayolning jinsiy aloqadan lazzat olishini tanaga ta’siri

Orgazm vaqtida qonga salomatlik uchun muhim bo’lgan gormonlar chiqariladi. Avvalambor bular «baxt gormonlari» — serotonin va oksitotsindir. Ular psixikaga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va hatto organizmga shifobaxsh ta’siri ham bo’lishi mumkin. Ehtimol, ko’plab ayollar, orgazmdan keyin ba’zi bir noxush alomatlar, masalan, bosh og’rig’i bartaraf bo’lishini payqashgan. Bu hodisa asosan gormonlarning organizmga foydali ta’siri bilan bog’liq.

Bundan tashqari, agar ayol muntazam ravishda jinsiy aloqada bo’lsa, lekin orgazmni boshdan kechirmasa, bu uning salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Gap shundaki, jinsiy aloqada jinsiy a’zolarga qon kelishi kuchayadi. Kuchli bo’shanishsiz ularda qon dimlanishi sodir bo’lib, bu ayolning sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Shuningdek, orgazm vaqtida qin va bachadon mushaklari to’liq bo’shashadi, buning oqibatida jinsiy aloqadan so’ng sperma darhol bachadonga kiradi. Shunday qilib, spermatozoif va tuxum hujayra uchrashishi vaqti qisqaradi. Agar orgazm yuzaga kelmasa, u holda urug’lantirish zaiflashgan sperma tomonidan amalga oshirilishi ehtimolligi yuqori bo’ladi. Shuning uchun, agar ayol muntazam ravishda orgazmni boshdan kechirsa, u sog’lom bola dunyoga kelitirish uchun ko’proq imkoniyatga ega. Albatta, bu faqat bir nazariya, ammo haqiqatga yaqin.

Nima uchun ba’zi ayollar orgazmni boshdan kechirishadi, boshqalari esa yo’q?

Jinsiy munosabatlarda bu hissiyotlarni boshdan kechirmaydigan ayollarni ikkita toifaga bo’lish mumkin. Birlari sun’iy ravishda klitorni stimullash orqali ushbu hissiyotni keltirib chiqarishi mumkin. Va bu ko’nikmalarni ular o’smirlik davridayoq bilishadi. Biroq, bunday ayollar jinsiy hayotni boshlaganlarida, ular hamrohlari bilan bo’lgan jinsiy aloqada xohlagan lazzatga erisha olmasliklari ma’lum bo’ladi. Ba’zan bu ayollar vaziyatdan chiqish uchun jinsiy aloqada klitorni sun’iy ravishda stimullashni amalga oshiradilar, ammo bu uslubni qulay deb bo’lmaydi.

Boshqa ayollar esa balog’atga yetish davrida ham orgazmni boshdan kechirmagan va bu holat jinsiy hayot boshlashganida ham o’zgarmaydi. Albatta, bu holatni birinchi variantdan ko’ra tuzatish qiyinroq. Ko’p hollarda esa ayol orgazmga faqat jinsiy hayotni boshlanganida duch keladi.
Jinsiy aloqa haqida maslahatlar→

Anorgazmiyani davolash uchun nima qilish mumkin?

Shunday qilib, vaziyat turlicha bo’lishi mumkin va anorgazmiyani davolash ayol orgazm hodisasi bilan qanchalik tanish ekanligiga bog’liq. Ko’p ayollar jinsiy aloqada qoniqmasliklarini hamrohning aybi deb hisoblashadi. Biroq, bu har doim ham to’g’ri emas. Albatta, yaxshi jinsiy hamroh juftini mamnun qilish uchun juda ko’p narsa qilishi mumkin. Ammo ko’pincha ayol jinsiy aloqada lazzatlanishiga uning o’z psixologik qarashlari, shuningdek jinsiy a’zolarning tuzilishi va gormonal buzilishlar to’sqinlik qiladi. Ko’p narsa shuningdek jinsiy aloqa pozasiga ham bog’liq. Misol uchun, ko’plab ayollar faqat yuqoridan kelgan chavandoz yoki tizza-tirsak pozasida eng yuqori lazzatlanish nuqtasiga erishishlari mumkin.

Agar ayol klitorni bevosita stimullashda orgazmni boshdan kechirsa-yu, ammo jinsiy aloqa paytida unga erisha olmasa, u jinsiy aloqada sodir bo’ladigan bilvosita stimulyatordan foydalanishni o’rganishi kerak. Buning uchun turli xil uslublarni qo’llash, shuningdek, seksolog maslahatini olishi mumkin.

Hamma ayollar ham tananing xususiyatlarini, erogen zonalarning joylashishi, har xil erkalashlarga reaktsiyalar, qin mushaklarini nazorat qilishni bilishmaydi. Shuningdek, bunda ruhiy kayfiyat, o’ziga ishonch ham mumhimdir. Ko’plab psixologlar ayollarga jufti his-tuyg’ulari haqida o’ylamaslikni, aksincha, o’z his-tuyg’ulariga e’tibor berishni tavsiya qiladi. Ayol jinsiy aloqadan lazzat olishni istasa, bularni barchasini o’zlashtirishi kerak.

To’laqonli jinsiy hayot uchun juftlar o’rtasidagi ishonch ham muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun, ayol o’z jufti bilan yaqin munosabatlariga nisbatan eng samimiy orzulari va xohishlarini baham ko’rish mazmunga ega. Aks holda, jufti, uning ayoliga nima kerakligi haqida ko’p taxmin qilishi kerak bo’ladi. U qanchalik e’tiborli bo’ishiga qaramasdan, uning tushuna olishiga juda ko’p ham ishonmaslik kerak, ayniqsa, erkakning umumiy munosabatlarga nisbatan ayol nigohi bilan qaray olishi juda qiyinligi inobatga olinsa.

To’liq jinsiy mamnunlikka erishishga yo’l qo’ymaydigan to’siqlar turlicha bo’lishi mumkin. Seksologning vazifasi ularni tahlil qilish va juftlarga yuzaga kelgan holatni tuzatish bo’yicha to’g’ri maslahatlarni berishdan iborat. Ba’zi hollarda ginekolog, psixoterapevt va psixologning tavsiyalari foydali bo’lishi mumkin.

Reklama

Sharh qoldirish

E-mail manzilingiz chop etilmaydi. To'ldirish zarur maydonlar * bilan belgilangan.