Oqargan sochni qoraytirish muammosi bugungi kunda dolzarbligini saqlab qolmoqda. Mutaxassislar sochlarni qoraytirish uchun bir qator tavsiyalarga amal qilish kerakligini ta’kidlashmoqda, ular orasidan eng samarali va tez ta’sir ko’rsatuvchi va albatta, eng ommabop usullarni ko’rib chiqamiz.
Sochlarni kimyoviy usulda qoraytirish
Sochni qoraytirish kerak bo’lganda hayolga keladigan birinchi narsa, do’konda qora rangli soch bo’yoqlarini xarid qilishdir. Afsuski, tavsiya etiladigan bo’yoqlarning aksariyati sochlar uchun juda zararli. Ko’pchilik, bu kabi bo’yoqlar natijasida kuygach, sochlarining avvalgi holatini tiklash uchun uzoq vaqt mehnat qilishadi, va shunda ham tiklay olishlari dargumon.
Sochni kimyoviy preparatlar bilan bo’yashga qaror qilsangiz, tajribali usta bilan bog’laning. U sochlarning hozirgi holatini baholaydi va eng mos bo’yoqlarni tavsiya qiladi.
Biroq, ishga kirishishdan oldin, qora rangli sochlar ko’zlaringiz va teringiz bilan uyg’un bo’lishiga e’tibor bering, chunki bu rang hamma uchun mos kelmaydi.
Sochni qoraytirish uchun muqobil usullar
Sochni turli ximikatsiz kimyolarsiz qoraytirish mumkin.
Sochni qora rangga bo’yash uchun yaxshi tabiiy vosita — bir finjon 1: 4 nisbatda basma va xina aralashmasi. Qanday markadagisi ahamiyatga ega emas, lekin sochlarni faqat basmaning o’zi bilan bo’yashga urinmang, aks holda siz qora emas, kutilmagan rangli sochlarga ega bo’lib qolasiz, masalan yashil. Tayyorlangan kukunga qaynoq suv solib, bo’tqa holiga kelguncha yaxshilab aralashtiring. Tayyor bo’lgan vositani sochlaringizga surting, sochiq bilan o’rab qo’ying va 6-8 soatdan keyin sochlaringizni shampun ishlatmasdan yuvib tashlang. Sochlar quriganida, ko’zguda butunlay boshqa kishini ko’rgandek bo’lasiz.
Sochlarni basma va xina bilan bo’yash afzalligi, ular kimyoviy bo’yoqlardan farqli o’laroq, sochlar tuzilmasiga zarar yetkazmaydi, balki uni himoyalaydi, qalin, sog’lom va porloq qiladi. Xina tufayli sochlar ultrabinafsha nurlar, tuz, shamol, xlor va boshqa atrof-muhit omillari salbiy ta’siridan himoyalanadi va sog’lom ko’rinish oladi.
Uy sharoitida sochlarni qoraytirish yo’llari
Bir necha oy davomida eman daraxti po’stlog’i bilan do’stlashishingiz kerak. Uning kuchli damlamasini soch uchun niqoblar, shampunlar va balzamlarga qo’shing. Bu sochlar rangini to’qroq qilish va oqargan sochlarga rang berishga yordam beradi.
Sochni qora rangga bo’yash uchun yongo’q
Bir nechta yong’oqlarni ezib, hech narsasini tashlab yubormasdan qaynoq suvga soling. Yarim soatcha qaynating, keyin butunlay sovigunicha tindiring. Sochlar avval shampun bilan yuvilishi kerak. Rang qo’llaringizga o’tmasligi uchun rezina qo’lqop kiyib oling. Yong’oqli damlamani suzib olib, uni o’zingizga qulay bo’lgan idishga soling va unga sochlaringizni tushiring. Sochlar rangni yaxshi olishi uchun ularni yarim soat davomida ularni suyuqlikda ushlab turishingiz kerak. Suyuqlikka tushmagan soch qismini muntazam namlab turing. So’ngra oqar suvda yuvib tashlang.
Sochlarni piyoz po’stlog’i yordamida qoraytirish
Yarim stakan piyoz po’stlog’iga 250 ml issiq suv quyib, 20 daqiqa davomida qaynating. Sovugach, suzib oling va bir osh qoshiq glitserin qo’shing. 3 hafta mobaynida damlamani sochlarga massaj harakatlari bilan surting.
Jo’kali damlama
Jo’ka (lipa) ning novdalari va barglarini maydalash kerak. 5 osh qoshiq maydalangan jo’kaga 1,5 stakan suv solib, qaynatishga qo’ying. Olov past bo’lishi kerak, suvning uchdan bir qismi bug’lanib ketmagunigacha qaynating. Damlamaning qolgan qismini sovutib, suzib oling, so’ng u bilan sochlarni chayqang. Keyin polietilen bilan, ustidan esa sochiq bilan o’rab, yarim soatga shunday qoldiring. So’ng yaxshilab chayib tashlang.
Sochning bu usullardan keyingi rangi sochingizning asl rangiga bog’liq bo’ladi, lekin ularni aniq odatdagidan ko’ra to’qroq qilish mumkin.