Samarqand shahrida malakali stomatolog shifokor xizmatlari

Sizga malakali tish shifokori yordami kerakmi? Tish og’rig’i bezovta qilyaptimi? Tish protezi o’rnatish kerakmi? Tabassumni tartibga keltirish, tishlarni oqartirish, paradontozni bartaraf etish kerakmi? Demak siz kerakli manzil bo’yicha murojaat qilibsiz.

Samarqand shahrida malakali va tajribali stomatolog shifokor sizga o’z xizmatlarini taklif etadi. Bizda tishlarni davolash narxlari arzon, barcha uskunalar zamonaviy, shifokorlar tajribali, klinika barcha uchun qulay bo’lgan manzilda joylashgan.

Tishlarni og’riqsiz davolash mumkinmi?

Albatta, biz uchun bemorlar o’zlarini qulay his qilishlari birinchi o’rinda. Zamonaviy og’riq qoldiruvchi preparatlar tishlarni davolash davomida deyarli hech qanday og’riq sezilmasligini, shifokorning tajribasi esa barcha muolajalarni yanada xavfsiz va bemor uchun qulay o’tishini ta’minlaydi. Siz murojaat etadigan shifokor oliy toifaga va bir qator sertifikatlarga ega.

Narxlar arzonligi tufayli xizmatlarning sifati pasaymaydimi?

Yo’q, narxning arzonligi xizmat sifatining pastligini anglatmaydi. Biz tishlarni professional tarzda davolaymiz va sizga eng qulay va arzon narxlarni taklif etamiz. Biz bemorlar moddiy yetishmovchilik tufayli davolanishni ortga surishlarini xohlamaymiz. Aynan shu sababli narxlar asossiz ravishda oshirilmaydi.

Biz oilaviy stomatologiya xizmatlarini taklif etamiz: yoshi kattalar ham, bolalar ham professional davolanish, individual yondashuv va xushmuomala munosabatga ega bo’ladi.

Taklif etiladigan xizmatlar ro’yxati

25 yillik tajribaga ega tish shifokori bolalar va kattalar uchun og’riqsiz davolash xizmatlarini taklif etadi. Zamonaviy uskunalar va orttirilgan tajriba har qanday murakkablikdagi, barcha turdagi stomatologik yordamni ko’rsatish imkonini beradi.

  • Tishlarni davolash
    asosiy tamoyil — sog’lom to’qimalarni maksimal ravishda saqlab qolish va tishlarni sifatli plombalash. Shuningdek restavratsiya qilish, protezlashga tayyorlash;
  • Protezlash
    Biz qo’llaydigan protezlash uslubi chaynov fuktsiyasini to’liq tiklash va shu bilan birga, bemor tabassumi go’zalligini saqlab qolish va unga protezni taqish vaqtida noqulayliklar tug’dirmasllikni ta’minlaydi;
  • Og’iz bo’shlig’i kasalliklarini tashxislash
    paradontit, paradontoz va boshqa stomatologik kasalliklarga aniq tashxis qo’yish, siz uzoq vaqt tahlillar topshirish bilan ovora bo’lmaysiz;
  • Og’iz bo’shlig’ining professional gigienasi
    Tishni toshlardan tozalash natijasida siz tish va milk kasalliklarini butunlay unutib yuborasiz;
  • Profilaktika va konsultatsiya — profilaktik tekshiruv o’tkazish va bemorlarga kasallikni oldini olish uchun bepul tavsiyalar berish.

Tish shifokori qabuliga qanday yozilish mumkin?

Qabulga yozilishning muammoli tomoni yo’q, hech qanday ro’yxatlardan o’tish, qog’ozlar to’ldirish kerak emas. Shunchaki telefon orqali bog’lanib, murojaat etish uchun o’zingizga qulay bo’lgan vaqtni belgilashingiz mumkin.
Telefon raqam: (+998 91) 534-23-40
E-mail: stomaprofi@gmail.com
Manzil: Samarqand shahar, Mirzo Ulug’bek ko’chasi, SamMI 2-klinika, bolalar xirurgiyasi filiali; Registon (sobiq Korzinka.uz) supermarketi qarshisida.

Reklama huquqi asosida

1 yulduz2 yulduz3 yulduz4 yulduz5 yulduz (Hozircha ushbu maqolaga baho berilmagan)
Загрузка...
yuklanmoqda...
Samarqand shahrida stomatologiya

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *